Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriya bilan chegaradagi qo‘shinlarni kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik holatiga keltirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
Suriya bilan chegaraga zirhli texnika keltirilgani bildirilmoqda.
Oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat armiyasi hafta mobaynida Suriyaning Manbij va Afrin tumanlarida mahalliy kurdlarga qarshi operatsiya boshlashi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)