1-fevraldan O‘zbekistonda shahar va xalqaro telefoniya narxi oshadi. Chet elga chiqish qo‘ng‘iroqlari narxi 70 foizga oshadi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shuningdek, shahar telefoniyasi narxi o‘rtacha 30 foizga ko‘tariladi.
“O‘zbektelekom” AK matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirga qadar kompaniya o‘z hisobidan sifatli xalqaro aloqa xarajatlarini qoplab kelgan. Qo‘shni davlatlar operatorlari stavkalari oshishiga qaramay, kompaniya narxlarni imkon qadar ushlab turgan va tariflarni sun’iy pasaytirgan.
Oxirgi marta telefoniya narxi o‘tgan yil oktabrida ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)