O‘zbekiston markaziy banki 2018-yilning pul-kredit va bank sohasidagi asosiy vazifalari haqida ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 2018-yilda pul-kredit siyosatining qattiqqo‘l kursi davom ettirilib, u birinchi galda monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirin bartaraf etishga qaratiladi. 2018-yilda pul massasi o‘sishini 12–14 foiz darajasida ushlab qolish rejalashtirilmoqda.
Milliy valyutadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida, shuningdek, yirik nominaldagi banknotalar chiqarish hamda mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so‘m nominaldagi tangalar bilan almashtirish, 200 so‘m nominallik tangalar chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Nihoyat, bank sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)