Toshkent viloyatida “chiroyli” telefon raqami olib berish uchun 2 ming dollar so‘ragan qallob ushlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, Qibray tumanida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1988-yili tug‘ilgan fuqaro qibraylik erkakka +9989*9*00000 telefon raqamini olib berishni va’da qilgan, buning evaziga undan 2 ming dollar so‘ragan.
Qallob pulni olib, aldangan fuqaro bilan munosabatlarni uzgan va uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.
Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)