Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida o‘tgan 2017-yilning 11 oyida umumiy jinoyatchilik 39,5 foizga kamaydi, og‘ir jinoyatlar 50 foizga kamaygan bo‘lsa, o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir bo‘lmadi. Bu haqda, tuman prokuroriga asoslanib, “KRuz.uz” nashri xabar berdi.
Tumanda 72 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Sanoat, xizmat ko‘rsatish, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 52 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ularda yuzlab yangi ish o‘rinlari barpo etildi va fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Fuqarolar, tadbirkorlar, mahalla va ijtimoiy soha obyektlariga qulay bo‘lishi uchun tuman prokuroriga biriktirilgan 2-sektor hududida “Mo‘ynoq sanoat-transport kasb-hunar kolleji” binosida markaziy shtab tashkil etildi. Uyma-uy yurish orqali o‘rganilgan xonadonlarning 125 tasida turli muammolar aniqlanib, shundan 35 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun yo‘l xaritasiga kiritildi.
Izoh (0)