Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, opera ijrochisi Jenisbek Piyazov va Qoraqalpog‘iston xalq jiravi Janibek Piyazov bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston kengashi qoshidagi “Yosh reportyorlar” klubi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar berdi.
Uchrashuvda aka-uka Piyazovlar moderator Furqat Yusupov va blogerlarning savollariga javob qaytardi.
Suhbat chog‘ida Jenisbek, jumladan, o‘tgan yilgi konsertida xalq artisllari kelishiga hatto orkestrlar ham ishonmaganini aytib o‘tdi.
“Istiqlol”da konsert berishimga ko‘pchilik ishonmagandi. Konsertimda Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov kabi san’atkorlar keladi deganimda hatto orkestrdagi odamlar ham ishonishmadi. Lekin ular kelishdi. Shundan so‘ng ko‘pchilikning menga bo‘lgan ishonchi ortdi. Endi bu yili ikki kun konsert bermoqchiman va unda Emin Agalarov, Tatyana Sinyavskaya kabi operachilar ishtirok etishadi. Shuningdek, Sevara Nazarxon ham kelib birga duet aytishga va’da berdi.
Izoh (0)