Mukammal soch turmaklariga ega bo‘lishning ba’zi usullari aslida sochlarga zarar keltirishini bilasizmi? Biz siz uchun har birimiz yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan bir nechta xatolar haqida ba’zi ma’lumotlarni to‘pladik.

Foto: Rambler Woman

Uchlarini to‘g‘rilamaslik

Ba’zi qizlar sochlarini tezroq o‘stirish maqsadida ularning uchini muntazam ravishda kesib turishdan voz kechadi. Lekin shampundan har kuni foydalanish sochlarni quritadi va uchlarining yorilishiga olib keladi — siz haqiqatan ham bundan qutulishingiz lozim.

Konditsionerning haddan tashqari ko‘pligi

Siz konditsioner qancha ko‘p bo‘lsa, sochlar shuncha mayin bo‘ladi deb o‘ylaysizmi? Adashasiz. Aslida konditsionerlar sochlarni mayin qilish uchun emas, balki ularni namlash uchun mo‘ljallangan. Ularni faqat sochlarning uchiga surish kerak. Sochlarni ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun bir haftada bir yoki ikki marta niqoblardan foydalaning.

Ulama sochlar va ulab uzaytirish

Ko‘pchilik ulab uzaytirilgan sochlarga juda ishqiboz bo‘ladi. Lekin agar bosh terisi doimiy ravishda parvarish qilib turilmasa, ulashning har qanday usuli ham soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin.

Hammasi uchun bitta taroq

Ba’zi taroqlar sochlarni yulishi mumkin. Biz qilchalari juda ko‘p bo‘lgan cho‘tkalardan foydalanishga o‘rganib qolganmiz, lekin qilchalarning turiga ham e’tibor qaratish kerak. Metall tishli massaj qiluvchi cho‘tkalarni bir kunda faqat bir marta ishlatish mumkin. Qalin sochlar uchun tabiiy qilchali, jingalak sochlar uchun esa silikon qilchali cho‘tkalar olish kerak.

Tarang turmaklar

Sochlarni o‘rish va bog‘lab orqaga tashlash — juda muvofiq, ayniqsa nam ob-havoda vaqtni tejaydigan turmaklash. Lekin siz sochlarni haddan tashqari tortasiz va rezina orqali yuqori qatlamga zarar yetkazasiz. Sochlarni biroz pastroqdan yengilroq qilib bog‘lang va o‘ring.

Manba: Rambler Woman