Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘lom tarzda yashash haqidagi ma’lumotlarning haddan tashqari ko‘pligi odamlarning nima yaxshi-yu, nima yomonligini aniqlab olishiga imkon bermaydi: biz ularning hammasiga juda oson ishonamiz.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Quyida keltirilgan sog‘liq haqidagi eng keng tarqalgan yolg‘onlarga ishonishni darhol to‘xtating.

Alkogol miya hujayralarini o‘ldiradi

Yo‘q, o‘ldirmaydi. Ko‘p miqdorda ichilgan alkogolli ichimliklar neyronlarga zarar yetkazadi, lekin ular yana qayta tiklanish xossasiga ega.

Rezina saqich organizmda qoladi

Bu afsona ko‘pchilikka bolalikdan tanish. Qo‘rqmang: organizm hamma narsani bir xil tezlikda hazm qiladi.

Sabzi ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi

Sabzi qanday ko‘rishimizga ta’sir ko‘rsata olmaydi. To‘rpardaning fotoretseptorlari A vitaminining doimiy ravishda kelib tushishi natijasida haqiqatan ham biroz yaxshiroq ishlaydi. Lekin A vitamini faqat sabzida emas, balki boshqa sabzavotlar tarkibida ham bor.

Solyariyning xavfsizligi

Ko‘pchilik haligacha solyariyni badanni qoraytirishning eng xavfsiz yo‘li deb hisoblaydi. Lekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aynan solyariy teri saratonining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

Ochlik organizmni toksinlardan tozalaydi

Tana toksinlarni chiqarish uchun jigar, buyraklar va taloqni ishlashga majbur qiladi. Albert Eynshteyn nomidagi tibbiyot kollejida ishlovchi doktor Kit-Tomasning ta’kidlashicha, organizmdan toksinlarni ochlik yo‘li bilan chiqarish haqidagi bayonot hech qanday ilmiy asosga emas.

Kechki ovqat semizlikka olib keladi

Beylordagi tibbiy tadqiqot markazi direktori, falsafa fanlari doktori Jon Forening aytishicha, siz kaloriyani kunning qaysi paytida olishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Muammo — kaloriyaning umumiy miqdorida.

Yog‘siz ovqatlar

Oxirgi vaqtlarda zo‘r berib yog‘siz ovqatlarni targ‘ibot qilish urf bo‘lgan — ya’ni, u bizni ortiqcha vazndan xalos qila olar emish. Esda tuting: sizni qutqaruvchi birdan-bir yo‘l — bu me’yorida ovqatlanish va doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanish.

Manba: Trendymen

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda