Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Qirg‘izistonda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jalik texnikasini yig‘ish, plastik detallar chiqarish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha to‘qqizta korxona ochadi, deb yozadi KNews Qirg‘iziston Investitsiyalarni ilgari surish va himoyalash agentligi direktori Shumkarbek Odilbek o‘g‘liga tayanib.

Foto: “O‘zavtoyo‘l”

Foto: “O‘zavtoyo‘l”

Uning so‘zlariga ko‘ra, yettita kompaniya Qirg‘iziston-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi maqomiga ega bo‘ladi. Xususan, Artel Engineering (O‘zbekiston) va “L.T.B” (Qirg‘iziston) firmalari Artel rusumidagi kir yuvish mashinalarini yig‘sa, Perfect Plast Profil (O‘zbekiston) va “Imzo Ltd.” (Qirg‘iziston) plastik va alyuminiy profillar chiqaradi.

Bundan tashqari, “O‘zavtosanoat” va “AvtoOndooZavod” Qirg‘izistonda qishloq xo‘jalik texnikasi va avtopritseplarni yig‘ish bo‘yicha ikkita korxona ochadi. Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyasi Qirg‘izistonning “DT Texnik” va “Avtosentr Estakada” kompaniyalari bilan avtobuslar yig‘ish va transportga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavodlarni ochadi. “Avtosentr Estakada” va “Ravon Motors Tyan-Shan” kompaniyalari esa avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha zavod va dilerlik markazi ochish haqida kelishib oldi.

Bundan tashqari, Artel Engineering Qirg‘izistonda o‘z filialini ochadi va MediaPark ko‘ngilochar markazini quradi.

Ushbu kelishuvlarning barchasi bo‘yicha memorandumlar imzolangan. Mazkur korxonalarning bir qismi allaqachon yaratib bo‘lingan, ba’zilari esa 2018-yil oxirigacha qurilishi kutilmoqda. Yangi kompaniyalar Bishkek, O‘sh va Kara-Balta shaharlarida ochiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Xodim o‘zini qurbon qilib, ayolning hayotini saqlab qolgan”. IIV profilaktika inspektori vafoti yuzasidan tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmaslikni so‘radi
Mahalliy
Tarix — ozodlik uchun yo‘l. Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatiga nazar (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi