Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maxsus prokuror Robert Myuller yaqin haftalar mobaynida saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy kelishuvi borasida prezident Trampni so‘roqqa tutishi mumkin. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Nashrga ko‘ra, Trampning yuristlari o‘tgan yil dekabrida Myullerning xodimlari bilan dastlabki uchrashuv o‘tkazgan va unda, jumladan, prezident tergovchilar savollariga yozma javob berishi mumkinligi muhokama qilingan.

“Myuller va Trampning yuristlari yaqin orada yangi uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Yuristlar suhbat davomida prezidentga qanday savollar berilishi mumkinligi, shuningdek, Myullerning tekshiruvi yakunlanishi muddatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga umid qilmoqda”, — deyiladi maqolada.

Nashrning davlat rahbariga yaqin manbasi prezident maxsus prokuror bilan bo‘lajak suhbatdan asabiylashmayotgani, shundan so‘ng saylov kampaniyasi davomida shtabining Kreml bilan aloqalari to‘g‘risidagi da’volarga uzil-kesil nuqta qo‘yiladi, deb hisoblayotganini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi