Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 10—11-yanvar kunlari Tojikistonga ishchi tashrif bilan boradi. Bu haqda Tojikiston OAVlariga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

O‘zbekiston hukumati rahbari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan muzokara o‘tkazadi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega uyushtirishi kutilayotgan rasmiy tashrifini tashkillashtirish masalalarini muhokama qiladi. Shavkat Mirziyoyev Dushanbega bahor faslining boshida tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyasi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, davlat chegarasining bahsli hududlarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish ishlarini jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?