Meksikaning Verakrus shtatida 5 kishining qismlarga bo‘lingan jasadi topildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, jinoyatchilar Tlakotalpan munitsipalitetidagi yo‘lda taksi mashinasi kapotida 5 ta tanasidan judo qilingan boshni qoldirgan. Mashina ichidan o‘ldirilganlarning tana qoldiqlari solingan qora paketlar topildi.
Jinoyatchilar Meksikaning “Xalisko — yangi avlod” karteli nomidan “maktub” ham qoldirdi. Bu qotillikka narkomafiya aloqadorligini ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, Verakrus shtati o‘tgan yili Meksikada odam o‘g‘irlash bo‘yicha ikkinchi, qotilliklar soni bo‘yicha esa uchinchi o‘rinni egalladi.