Suriyada Rossiyaning Mi-24 jangovar vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “TASS”

Hodisa o‘tgan yilning 31-dekabrida ro‘y berdi.

“Xama aerodoromidan uchgan Mi-24 texnik nosozlik tufayli halokatga uchradi. Aerodromdan 15 kilometr uzoqda qattiq qo‘nish oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Vertolyotga qarata o‘t ochilmagan”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, vertolyot bortmuhandisi jarohat oldi. U qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan tezlik bilan Xmeymim aerodromiga evakuatsiya qilindi va tibbiy yordam ko‘rsatildi.