2-yanvar kuni Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “O‘smat Ota” jome masjidining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

“Masjid binosida namozxonlar uchun barcha sharoitlar mujassam etilgan bo‘lib, kelgusida kutubxona, muzey tashkil etish va avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Masjidda bir vaqtning o‘zida 250—300 kishini sig‘dira oladi” — deyiladi xabarda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Ochilish marosimida muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etdi. Tuman hokimi Abdusamat Akromov tashabbusi bilan mehmonlar va masjid ahli uchun bayramona dasturxon yozildi.