2017-yilda O‘zbekistonda yoshlar tomonidan jami 23 mingga yaqin jinoyat sodir etildi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan materiallarda aytildi.
2017-yilda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi 2016-yilga nisbatan 9698 taga yoki 14 foizga kamaydi.
Respublika bo‘yicha 23 mingga yaqin yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilib, shundan 759 tasi yoki 3 foizi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari, 273 tasi yoki 1,1 foizi talabalar, 8935 tasi yoki 36 foizi ishlamaydigan, jamiyatda faol bo‘lmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan.
Izoh (0)