31 yoshli professional velosipedchi Entoni Napolitan (AQSh) tryuk ijro etish chog‘ida uchli temir panjaraga “qo‘nishi”ga bir baxya qoldi. Tasodif tufayligina u omon qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Sportchi 360 darajaga aylanib, panjara ustidan velosipedda sakrab o‘tmoqchi edi. Ammo u buning uddasidan chiqmadi: Napolitan velosipedi bilan panjaraning o‘ziga ilinib qoldi.
Shu bilan birga, ekstremalga biror jiddiy jarohat yetmadi. Lekin bayk jiddiy zararlandi.
Voqea aks etgan video YouTube’da joylashtirildi.