Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Mazkur tuzatishlarga ko‘ra, terakt haqidagi soxta xabar uchun maksimal jazo avvalgi 5 yildan 10 yilgacha qamoq tariqasida kuchaytirildi.
Endi hokimiyat organlari faoliyatini beqarorlashtirishga urinish 6 yildan 8 yilgacha qamoq bilan jazolanadi. Agar jinoyatchilar harakati o‘lim yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa, 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosigacha tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, portlash tahdidi bildirilgan anonim qo‘ng‘iroqlar butun Rossiya bo‘ylab avj oldi. Ulardan hech biri tasdiqlanmadi.
Izoh (0)