Britaniyaning Xardford shahrida o‘tkinchi ayol qochayotgan o‘g‘rini tutishga yordam berdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Hodisa Rojdestvodan bir necha kun avval yuz berdi. 28 yoshli Kelli Boll uyga qaytayotganida politsiyachilarning yosh yigitni quvlab ketayotganining guvohi bo‘ldi.
Shunda u jinoyatchini oyog‘i bilan chalib yubordi. Qochayotgan jinoyatchi esa bu harakatdan qoqilib yiqilib tushdi va politsiyachilar uni tutishga muvaffaq bo‘ldi.
Politsiyachilardan qochayotgan yigit noqonuniy narkotik saqlashda va talonchilik jinoyatini sodir etishda ayblangan 23 yoshli Aaron Kadman edi.