Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi samolyotlari Yaman g‘arbidagi Xudayda shahriga zarba berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Koalitsiya samolyotlari shahar bozoridagi yoqilg‘i stansiyasiga aviazarba berdi. Bu 20 kishining halok bo‘lishi va 8 kishi yaralanishiga olib keldi”, — dedi agentlik manbasi.
Manbaga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar taxminiy bo‘lib, bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.