Afg‘onistonning Jalolobod shahrida xudkush dafn marosimi chog‘ida o‘zini portlatib yubordi. Buning oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Xaska Mino viloyatining sobiq rahbari dafn etilishi munosabati bilan motam marosimi bo‘lib o‘tayotgan edi. Terakt o‘sha marosim chog‘ida uyushtirildi.
Portlashda, shuningdek, 13 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)