27-dekabr kuni Moskvada Qozog‘iston va Rossiya rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi EADaily. Uchrashuv davomida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga murojaat etar ekan, ayni damda mamlakatni boshqarishga qodir boshqa yetakchini ko‘rmayotganini ta’kidladi.
“Ayni damda Rossiya uchun boshqa biror yetakchi ko‘rinmayapti”, — dedi Nazarboyev, 2018-yili mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi haqida fikr bildirar ekan.
“Siz, siquvga qaramay, iqtisodiyotni rivojlantira olishingizni, xalq uchun sharoit yaratib berishni, rivojlanishning yangi bosqichiga chiqishni ta’minlay olishingizni isbotlab berdingiz. Rossiya xalqi to‘g‘ri tanlov qilishiga ishonchim komil. Rostini aytaman, Qozog‘iston siz tomonda”, — dedi u Putinga.
Oldinroq Nazarboyev birinchilar qatorida Putinga bo‘lajak saylovda muvaffaqiyat tilagan edi.
Izoh (0)