MyTaxi Express —Toshkentda taom yetkazib berishning eng birinchi tez va qulay servislaridan biri bo‘lib, poytaxtning 50 dan ortiq eng mashhur muassasalari assortimentiga ega. Yaqin kunlardan buyon servisdan foydalanuvchilarning barchasi har bir buyurtmasi bilan birga Express haqida hikoya qilib beruvchi u yoki bu mavzu tasvirlangan nakleyka-stiker ham ola boshladi.
Agar aksiyaning dastlabki kunlari oluvchilar bunday nakleykalarni bonus yoki servis reklamasi uchun qabul qilgan bo‘lsa, endilikda esa MyTaxi Express’ning Facebook’dagi sahifasida “Express haqida 20 hikoya” uzoq muddatli aksiyasi boshlangani haqida e’lon paydo bo‘ldi, uning shartlariga ko‘ra barcha stikerlar (20 ta kichik mavzuni o‘z ichiga olgan) kolleksiyasini to‘plagan har qanday odam yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanishi mumkin, uning bosh sovrini yangi MacBook Air bo‘ladi.
Aksiya shartlariga ko‘ra, stiker MyTaxi Express orqali har bir taom buyurtmasi bilan birga jo‘natiladi. Servisning Telegram kanalidagi link bo‘yicha har bir ishtirokchi olgan nakleykalarni yopishtirishi kerak bo‘ladigan kartani qog‘ozga chiqarib olishi mumkin. Qachonki karta to‘liq to‘ldirilsa, ishtirokchi uni navbatdagi buyurtma yetkazib beruvchisiga topshirishi, buning o‘rniga esa undan ishtirokchining shaxsiy raqamini (ID-kod) olishi kerak bo‘ladi.
Aksiya yakunida servisdan foydalanuvchilar tomonidan qayd etib o‘tilgan talablarga muvofiq to‘ldirilgan barcha kartalar qatnashadi. G‘olib to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladigan efirda yangi MacBook Air’ning baxtli sohibi ID-kodini ko‘rsatib beradigan tasodifiy sonlar generatori orqali aniqlanadi.
“Daryo” o‘quvchilari uchun maxsus @MyExpress_bot Telegram boti orqali taom buyurtma qilganlarga 10 ming so‘mlik promokod sovg‘a qiladi. Izohda #Daryo tegini ko‘rsatgan holda Telegram orqali taom buyurtma qiling, stikerlarga ega bo‘ling va MacBookAir yutib oling!
“Express haqida 20 hikoya” aksiyasi shartlari haqida Telegram’dagi kanal orqali batafsilroq bilib olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)