Rossiyalik mashhur bastakor Vladimir Shainskiy 92 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘g‘li, ovoz rejissori Vyacheslav Shainskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, u agentlik muxbiri bilan telefon suhbati chog‘ida otasining vafotini tasdiqlagan.
Ijodkorning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Vladimir Shainskiy RSFSR xalq artisti, SSSR davlat mukofoti sovrindori hisoblanadi. U “Antoshka”, “Katercha”, “Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari”, “Mamontchaning oyisi” singari kino va multfilmlarga musiqa bastalagani bilan mashhur. Shuningdek, u Cheburashka va Timsoh Gena haqidagi multfilmlar uchun musiqa yozgan.
2007-yildan buyon u San-Diyegoda (AQSh) istiqomat qilayotgan edi.
Izoh (0)