22-dekabr kuni Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djuraev Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida R. Djuraev Rossiya FVV milliy favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, kelgusida doimiy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiyaning milliy boshqaruv markazi hamda O‘zbekiston FVV favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazlari o‘rtasida videokonferensiya yig`ilishi o‘tkazildi. Unda favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Izoh (0)