BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya bo‘yicha sakkizinchi xalqaro uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostonaga yetib keldi. Bu haqda 22-dekabr, juma kuni Qozog‘iston TIV matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Staffan de Mistura muzokaralarda qatnashish uchun Ostonaga yetib keldi”, — deydi Jaynakov.
Suriya bo‘yicha muzokaralarning sakkizinchi raundi Qozog‘iston poytaxtida 21-dekabr kuni boshlandi. Uchrashuv kun tartibidan mojaro taraflari o‘rtasida qo‘lga olinganlar, halok bo‘lganlarning jasadlarini almashish bo‘yicha ishchi guruh to‘g‘risidagi nizomni qabul qilish joy olgan.
Gumanitar minasizlantirish, jumladan YuNESKOning Suriyadagi obyektlarini minasizlantirish to‘g‘risidagi bayonotni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)