Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqilligi tarafdori bo‘lgan kuchlar avtonomiyaning 135 deputatdan iborat parlamentida yana mutlaq ko‘pchilik o‘rin egalladi. 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi saylov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Mamlakat birdamligi tarafdori bo‘lgan “Fuqarolar” partiyasi 1 milliondan ortiq ovoz to‘plab, saylovlarda birinchi bo‘ldi va 37 o‘rinni egalladi. Biroq bu partiyaga g‘alaba keltirmadi.
Ispaniyadan ajralish tarafdori bo‘lgan 3 partiyaga 70 o‘rin nasib etdi.
Jumladan, Karles Puchdemonning koalitsiyasi 34, hibsga olingan sobiq avtonomiya rahbari o‘rinbosari Oriol Junkerasning so‘l respublikachilari 32, “Xalq birdamligi uchun nomzodlar” esa 4 o‘ringa ega bo‘ldi.
Izoh (0)