Checheniston rahbarining qizi Moskvada bo‘lib o‘tgan Fashion New Year Awards 2018 taqdirlash marosimida nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ayshat Qodirova.
Foto: “RIA Novosti”

Ayshat Qodirova “Tog‘ marvaridi” ayollar libosi kolleksiyasi uchun “Eng yaxshi namoyish” yo‘nalishida mukofot bilan taqdirlandi.

“Tog‘ marvaridi” u tomonidan yaratilgan, 50 libos va aksessuardan iborat ikkinchi kolleksiya bo‘lib, ilk bor oktabr oxirida Mercedes-Benz Fashion Week moda haftaligida namoyish etilgandi.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirovning katta qizi onasi Madina tomonidan 2009-yilda asos solingan “Firdavs” moda uyi prezidenti va kreativ direktori hisoblanadi.