O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi boshlig‘i etib Dilshod Parpiyev tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ilgari Dilshod Parpiyev mazkur boshqarmada boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Oldinroq xabar qilinganidek, unga qadar boshqarmaga rahbarlik qilgan Bobur Azizov Tashqi ishlar vazirligining Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Izoh (0)