2017-yilning uchinchi choragida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi umumiy pul o‘tkazmalari hajmi 797 million dollarni tashkil qildi. Bu haqda, Rossiya markaziy bankiga asoslanib, 1News xabar bermoqda.
Bu raqam, 2016-yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 19,85 foizga ko‘proqdir.
O‘z navbatida, bu hajmning 780 million dollarlik qismi Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalariga to‘g‘ri keladi. Bu 2016-yil uchinchi choragi ko‘rsatkichlariga nisbatan 21,11 foizga ko‘proq.
O‘zbekistondan Rossiyaga esa 17 million dollar o‘tkazilgan (2016-yil uchinchi choragidagiga nisbatan 15 foizga kam).
Rossiyadan O‘zbekistonga bitta tranzaksiyasining o‘rtacha summasi 476 dollardan 519 dollarga oshdi. O‘zbekistondan Rossiyaga bitta tranzaksiyaning o‘rtacha summasi esa 1295 dollardan 1099 dollarga tushib ketdi.
2017-yilning to‘qqiz oyi mobaynida Rossiyadan O‘zbekistonga 1,72 milliard dollar (2016-yil to‘qqiz oyida — 1,37 milliard dollar), O‘zbekistondan Rossiyaga 49 million dollar (2016-yil to‘qqiz oyida — 68 million dollar) o‘tkazildi.
Izoh (0)