Turkiyaga S-400 zenit-raketa qurilmalarining yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma doirasida mamlakat hududida Rossiya harbiy bazasi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
“Rostex” rahbari Sergey Chemezovga ko‘ra, Turkiyada S-400 tizimlari o‘rnatilishidan oldin harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolanadi. Ushbu kelishuv doirasida Rossiya Turkiyadan uning hududida harbiylarini joylashtirishni so‘rashi mumkin.
Kelishuv bo‘yicha Rossiya Turkiyaga S-400 ning to‘rt divizionini topshirishga tayyor.
Izoh (0)