Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda qamoqdan ozod qilingan sobiq mahbuslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 5-dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Norma.

Foto: Norma

Foto: Norma

2018-yil 1-aprelidan boshlab sobiq mahbuslar o‘z xohishiga ko‘ra shunday yordam so‘rab murojaat etishi mumkin bo‘ladi.

Murojaat etgan sobiq mahbus hisobga qo‘yiladi, uning shaxsi, sog‘lig‘i, ma’lumoti, hayotiy vaziyati o‘rganiladi, shundan so‘ng mintaqaviy bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan uning uchun individual dastur ishlab chiqiladi.

Dasturni tayyorlashda shaxsning quyidagi ijtimoiy-huquqiy yordam turlariga muhtojligi aniqlanadi:

  1. ishga joylashtirish;
  2. tibbiy xizmatlar;
  3. huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan:
- ishga joylashish yoki tibbiy yordam uchun hujjat topshirish;

- yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirish;

- ijtimoiy yordam huquqi, ijtimoiy ta’minot yuzasidan yuridik maslahat;

  1. kasb-hunar tayyorgarligi bo‘yicha yordam;
  2. agar shaxsning uyi bo‘lmasa — vaqtincha yashash joyini aniqlash uchun tuman yoki shahar hokimiyatiga tegishli hujjatlar tayyorlash;
  3. boshqa turdagi yordam.
Individual dastur nusxalari tegishli hokimiyatlarga, sog‘liqni saqlash tashkilotlariga va boshqa muassasalarga yuboriladi. Ular 15 kun ichida dastur qabul qilinganidan va yordam ko‘rsatilishi yoki ko‘rsatilishining iloji yo‘qligidan boxabar qilishi kerak.

Yordam olayotgan shaxs oyiga bir marta tegishli bandlikka ko‘maklashish markaziga kelishi lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi