Telegram messenjeri asoschisi uni hech qanday pulga sotilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Hatto 20 millard dollarga ham sotilmaydi. Bu bir umrlik kafolat”, — dedi u.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, unga Telegram’ni sotish borasida Kremniy vodiysidagi ko‘plab yirik investorlardan bir necha bor takliflar tushgan, biroq u bu kabi takliflarni keyinchalik ham rad etish niyatida. Messenjerning narxi 3—5 milliard dollar orasida edi, deya ma’lum qildi Telegram asoschisi, xaridorlar nomini oshkor etmagan holda.