Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida 2017-yilning 30-noyabr kuni muqaddam sudlangan Mixail Kogolev va Rustam Sibatullin (ism-shariflar shartli) Chilonzor tumani hududida fuqaro xonadoniga kirib, 5120000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagani aniqlangan. Bu haqda IIBB mabuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari (o‘g‘rilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Izoh (0)