AQSh Quddusni Isroil poytaxti deb tan olsa, bu mintaqada inqiroz va hatto fojiaga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida Quddusni Isroilning poytaxti deb rasman tan olishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
“Agar Quddusning maqomi o‘zgarsa, bu fojia bo‘ladi, bu yangi ixtilofga yo‘l ochadi. Hech kim — Isroil ham, mintaqaning boshqa davlatlari ham manfaat ko‘rmaydi. Turkiya avval boshidan Quddus maqomi xalqaro kelishuvlar doirasida qolishi tarafdori. Biz bu siyosatdan voz kechmaganmiz”, — dedi u.
Ma’lumot uchun, Isroil rasman Quddusni o‘z poytaxti deb e’lon qilgan bo‘lsa ham, amalda bu vazifani Tel-Aviv shahri bajaradi. Jahon hamjamiyati Quddusni Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan Falastinning yeri deb tan oladi.
Izoh (0)