Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va S8+ flagmanlarining arzon versiyalariga aylanadigan Galaxy A8 va A8+ smartfonlari taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Aftidan Samsung Galaxy A arzon smartfonlar lineykasi model qatorini o‘zgartirmoqchi. 2017-yilda u Galaxy A3, A5 va A7 modellaridan iborat bo‘ldi. Kelasi yil lineykasida A7 o‘rniga ikkita Galaxy A8 va A8+ smartfonlari chiqadi. Bu Galaxy S8 va S8+ flagman lineykasidagi izchillik bo‘yicha yaratilmoqda shekilli.

Tarqalgan suratlarga ko‘ra, Galaxy A8+ 6 dyuymli va juda ingichka romli displeyga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga qo‘sh old kamera o‘rnatilishi mumkin.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Galaxy A8 ni orqa panelga qarab Galaxy S8 dan farqlash oson. Smartfonda barmoq izi skaneri joylashuvi o‘zgaradi, u kamera moduli pastiga ko‘chadi.

Smartfonlar xususiyatlari hozircha ma’lum emas. Taqdimot Galaxy A 2017 lineykasiniki kabi yanvarda bo‘lib o‘tishi mumkin.