Asosan kurdlardan tashkil topgan “Suriya demokratik kuchlari” Suriyadagi inqiroz siyosiy tartibga solingandan keyin hukumat qo‘shinlariga tarkibiga kirishga tayyor. Bu haqda kurdlarning “Demokratik ittifoq” partiyasi Rossiyadagi vakili Abd Salama Aliga tayanib, “Izvestiya” xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Barcha uchun maqbul yechim topilsa, Suriya demokratik kuchlarining Suriya armiyasiga qo‘shilishi hodisalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Biz hech qachon yakkalanish yoki ajralish masalasini qo‘ymaganmiz. Aksincha, kurdlar yagona Suriya doirasida o‘z huquqlari va boshqa xalqlar huquqlarini mustahkamlashga urinmoqda”, — deydi u.
Nashrning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtlarda Suriya hukumat kuchlari va SDK jangchilari o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermagan.
Avvalroq AQSH Suriya shimolida yangi hokimiyat organi tashkil etmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)