Rossiyaning Vostochniy kosmodromidan uchirilgan, 19 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan “Soyuz-2.1b” raketasiga hamrohlik qilgan “Meteor-M” sun’iy yo‘ldoshining parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.

Foto: “TASS”

“Roskosmos”ga ko‘ra, “Meteor-M” sun’iy yo‘ldoshining “Fregat” uchirish blokida nosozlik yuzaga kelgani oqibatida u okeanga quladi.

“Interfaks” agentligiga ko‘ra, avariyaga tashuvchi raketa va uchirish bloki parvoz vazifasidagi xato sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Bu Vostochniy kosmodromidan amalga oshirilgan ikkinchi uchirish edi.