Rejissor Oliver Stoun 2018-yili Guantanamo qamoqxonasi haqidagi teleserialni taqdim etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

“Bu Kubadagi qamoqxona — Guantanamo haqida drama bo‘ladi. Uning ochilgan paytidan boshlab 15 yillik tarixi qamrab olinadi. Serial AQShda kelgusi yili taqdim etiladi”, — dedi rejissor.

Rejissor, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi hujjatli filmidan ko‘ngli to‘lganini bildirdi.

“Putin haqidagi filmimdan ko‘nglim to‘ldi. Olingan 24 soatdan 4 soati tanlandi. Barchasini shunga sig‘dirdik. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani amalga oshirdik, deb o‘ylayman. Ushbu filmdan faxrlanaman”, — ta’kidladi Stoun.