Rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiy “Sahroi Kabir ko‘zi” deb ataluvchi g‘ayrioddiy Rishat geologik strukturasining suratlari bilan bo‘lishdi. Hi-Tech Mail.Ru kosmonavtning boshqa ajoyib suratlarini ham to‘plab taqdim etishga qaror qildi.
“Mashhur Rishat strukturasi rostdan ham koinotdan ajoyib ko‘rinadi”, — deb yozadi kosmonavt o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.
Sergey Ryazanskiy Yerning koinotdan olingan ajoyib suratlarini tez-tez chop etib turadi.
Savan — Armanistondagi ko‘l (1900 metr balandlikda)
Kreyter — AQShdagi krater ko‘li. Ushbu krater, taxminan, 7700 yil avval Mazama vulqonining otilishi oqibatida paydo bo‘lgan.
Kilimanjaro — Afrikadagi eng baland va faol vulqonlardan biri
Toshkentning koinotdan ko‘rinishi
Italiyaning shimoliy hududlarida sodir bo‘layotgan yong‘inlar
Rossiya poytaxti — Moskva
Sochi — Qishgi Olimpiada 2014 poytaxti
Ko‘pchilik “Samolyotlar qani? Nega suratlaringda ular ko‘rinmaydi?”, deb savol beradi, javob oddiy — 400 kilometr balandlikdan qaralganda ular juda kichkina.
Fransuz Polineziyasida joylashgan Moorea oroli
Everest cho‘qqisi
Izoh (0)