Germaniyaning Bornxagen shahrida Xolokost qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Berlin memorialining kichik nusxasi o‘rnatildi. “Siyosiy go‘zallik markazi” faollari yodgorlikni ultrao‘ngchi millatchi siyosatdon Byorn Xyokening uyi oldiga joylashtirdi, deb xabar beradi TJournal.
Mualliflar yodgorlikni o‘rnatishga qariyb bir yil tayyorgarlik ko‘rdi. Buning u chun Xyokening uyiga qo‘shni yer uchastkasi sotib olindi. Ular kraudfanding platformasi orqali pul to‘ladi va yodgorlikni 2–3 yil davomida saqlab turmoqchi. Ular bunga qadar siyosatchi ommaviy tarzda kechirim so‘rab, Berlin memoriali oldida tiz cho‘kishiga umid qilmoqda.
“Muqobil Germaniya uchun” partiyasi yig‘ilishida qilgan chiqishida rais Filipp Rux Berlindagi memorialni “uyat yodgorligi” deb atagan edi. U nemis xalqini Xolokost uchun uzr so‘rashni to‘xtatishga chaqirgan edi.
“Biz o‘z poytaxtimizda uyat yodgorligini o‘rnatgan yagona millatmiz”, — degan edi u.
Shu munosabat bilan “Siyosiy go‘zallik markazi” faollari uning yaqin safdoshlaridan biri, uning nutqini qo‘llab-quvvatlagan Xyokeni o‘ziga xos uslubda jazolashga qaror qildi.
Izoh (0)