Afg‘oniston hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari razvedka xizmatlari boshliqlari konferensiyasini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Taklif 22-noyabr kuni Rossiya, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari kotiblarining birinchi norasmiy uchrashuvi chog‘ida ilgari surildi. Ishtirokchilar taklifni ma’qulladi.
“Terrorchilik va narkotikka qarshi kurash razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorliksiz bo‘lmaydi, — dedi Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Atmar. — Biz ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama asosda shunday hamkorlikni taklif qildik”.
Izoh (0)