Amerikacha pankeyk biz ko‘nikib qolgan rus blinchigidan qalinligi va kichikligi bilan farq qiladi, shuningdek, uni murabbo yoki quyultirilgan sut kabi birorta “qayla” bilan iste’mol qilmasangiz, quruq bo‘lib qoladi.

Foto: “Gotovim-doma.ru”

Zarur masalliqlar:

  • 1 stakan un
  • 1 stakan sut
  • 1 ta tuxum
  • 2—3 osh qoshiq kakao
  • 2—3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 0,5 choy qoshiq osh sodasi (sirka bilan so‘ndirish kerak)
  • 2 osh qoshiq shakar
  • ta’bga ko‘ra tuz

Tayyorlanishi:

Shakar va tuxumni mikser yordamida aralashtiramiz.

Sutni ham qo‘shib, aralashtirishda davom etamiz.

Aralashmaga unni solamiz.

So‘ng kakaoni qo‘shamiz.

Oxirida o‘simlik yog‘i va osh sodasini solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Tovani qizdirib, o‘rtasiga yarim cho‘mich xamirni quyamiz. Bir tomoni pishgach, ikkinchi tomonini ag‘daramiz. Shu tariqa, barcha pankeyklarni pishirib olamiz.

Pankeyk tayyor. Yoqimli ishtaha!