IKEA kompaniyasi o‘zining reklamasida Leonardo da Vinchining 16-noyabr kuni auksionda 450 million dollarga sotilgan “Dunyo xaloskori” asaridan foydalandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Reklama plakati Shvetsiyaning Acne agentligi tomonidan tayyorlangan. “Dunyo xaloskori” 13 dollarlik Virserum ramkasiga joylashtirilgan.
“Qachonki sen surat uchun 450 million dollar sarflab, arzonginaga yangi ramka sotib olganingda”, — deyiladi reklama matnida.
San’atshunoslarning taxmin qilishicha, “Dunyo xaloskori” 1500-yillarda chizilgan. XVIII asrdan XX asrgacha surat yo‘qolgan, deb hisoblangan. 1900-yilda surat da Vinchining shogirdlaridan birining ishi sifatida sotilgan. 2007-yilda ekspertlar surat da Vinchining o‘zi tomonidan chizilganini aniqlagan.
Izoh (0)