Rossiya liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy 2018-yili bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidenti saylovida qatnashadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Partiya deputati, Davlat Dumasi vitse-spikeri, Jirinovskiyning o‘g‘li Igor Lebedev ushbu qaror partiyaning 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilinganini aytib o‘tdi.
“Bu mamlakatimizdagi yettinchi, eng yorqin saylov kampaniyasi bo‘ladi. Unda asosan parlament partiyalari ishtirok etmoqda. Biz hech qanday tahdidlar, xafa qiladigan voqealar bo‘lmasligini, bari oddiy rejimda o‘tishini bilamiz”, — dedi u.
Jirinovskiy nomzodining ko‘rsatilishi partiyaning dekabr oyida o‘tkaziladigan syezdida uzil-kesil hal qilinadi.
Jirinovskiy bunga qadar besh marta prezident saylovida ishtirok etgan. Boshqa hech bir siyosatchining nomzodi saylovda bu qadar ko‘p ko‘rsatilmagan.
Izoh (0)