16-noyabr kuni Tesla smartfonlarni va planshetlarni quvvatlantirish uchun maxsus portativ akkumulyatorni o‘z do‘koniga qo‘shdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Uskuna sig‘imi 3350 mA/soatni tashkil etadi. U kompaniyaning avtomobillar dizayniga javob beradigan bo‘linmasida ishlab chiqildi.
Uskunaga microUSB va Lightning kabellari o‘rnatilgan. Akkumulyator quvvatsizlanish indikatoriga ega bo‘lib, Lightning/microUSB ulagichlari orqali har qanday uskunani quvvatlantirishi mumkin. Komplekt 45 dollar turadi.
Do‘konga chiqarilgan barcha akkumulyatorlar darhol sotilib ketdi.
Shuningdek, 45 dollar evaziga Tesla’dan tashqi akkumulyator xarid qilish mumkin. U USB-kabel bilan jihozlangan bo‘lib, Tesla mashinalarini quvvatlantirish stansiyalarining kichraytirilgan nusxasidir.
Izoh (0)