Zimbabve prezidenti Robert Mugabe isyonchi harbiylar tomonidan hibsga olinganidan so‘ng uning siyosiy raqibi, sobiq bosh vazir Morgan Svangirai mamlakatga qaytdi. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Svangirai — Zimbabvedagi “Demokratik o‘zgarishlar uchun harakat” siyosiy tashkiloti yetakchisi. U 2009–2013-yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.
2008-yildagi prezident saylovida Mugabe birinchi marta ko‘pchilik ovoz beruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. U 43,2 foiz ovoz to‘pladi, Svangiraiga esa saylovchilarning 47,8 foizi o‘z ovozini berdi.
Shundan so‘ng ikkinchi tur belgilandi, ammo Svangirai hukumat bosimi ostida nomzodini saylovdan olishini bildirdi. Mugabe yana prezidentga aylandi, ammo Svangiraini bosh vazir etib tayinlashga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)