Afg‘oniston poytaxtidagi restoranlardan birining yaqinida amalga oshirilgan portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Tolo News telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Taxminga ko‘ra, ushbu restoranda “Afg‘oniston islom jamiyati” partiyasi oliy martabali vakillarining uchrashuvi o‘tayotgan edi.
Portlash restoran yaqinida qoldirib ketilgan mashinada yuz berdi. Sakkiz politsiyachi va o‘n nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Kamida o‘n kishi yaralangani bildirildi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, portlash zarba uch avtomobilni parchalab tashladi, yaqin-atrofdagi binolarga ham zarar yetdi.
“RIA Novosti”ga ko‘ra, IShID terrorchi guruhi portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)