Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim AQShni IShID jangarilari Suriyaning Raqqa shahridan erkin chiqib ketishiga imkon yaratib bergani uchun tanqid ostiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq Suriyaning doimiy vakili IShIDning Raqqa va Dayr az-Zavrdan chekinishini AQSh boshchiligidagi koalitsiya ta’minlaganini ma’lum qilgan edi. BBC telekanali o‘tkazgan taftish yakunlariga ko‘ra ham shunga yaqin xulosalar qilindi. Materialda, xususan, kurd guruhlari koalitsiya bilan birga terrorchilar bilan kelishuv tuzgani va shu asosda ularning Raqqadan qo‘lida qurol bilan chiqib ketishini ta’minlagani aytiladi.
“Nima bo‘layotganini ko‘ring. Raqqani IShIDdan tozalash o‘rniga AQSh jangarilarning qo‘lida qurol bilan chiqib ketishiga ko‘maklashdi — bu 50 ta yuk mashinasidan iborat konvoy, shulardan o‘ntasiga og‘ir qurollar yuklangan. Biz Amerikaga aytdik: bir terrorchilar yordamida ikkinchilarini yo‘q qilish — terrorga qarshi kurashayotgan davlatning ishi emas”, — dedi Yildirim hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi oldida so‘zlagan nutqida.
Izoh (0)