Fransiya Madagaskar orolini 121 yil avval koloniya deb e’lon qilgan. 1896-yilning oktabr oyida esa qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Aytish mumkinki, qo‘zg‘olon hanuzgacha davom etmoqda. Yarim asr avval Madagaskar mustaqil bo‘lgan bo‘lsa ham, u yerdagi og‘ir kasalliklar va hosilning yaxshi bo‘lmasligida kolonizatsiya ayblanadi. “Kommersant” mazkur oroldagi hayot aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Madagaskarning aholisi 25 million kishi bo‘lib, uning 90 foizi kambag‘allikda yashaydi.

Foto: “Kommersant”

Aholining asosiy qismi malagasiylar bo‘lib, ularning o‘zi ko‘pincha sayyohlardan rasmga tushirishni so‘raydi.

Foto: “Kommersant”

1897—1960-yillarda orolda 25 ming kilometrli yo‘llar, ko‘priklar, portlar va temir yo‘llar qurilgan. Qonunga ko‘ra, mahalliy aholi bir yilda 50 kun “davlat uchun ishlashi” kerak bo‘lgan. Bugungi kunda mamlakatdagi infratuzilma vayronalik yoqasiga kelib qolgan.

Foto: “Kommersant”

Asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lib, unda aholining 80 foizi band hisoblanadi. Asosiy savdo hamkori esa Fransiya bo‘lib qolmoqda.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Fransuzlar “bosqinchilar” hisoblansa ham, fransuz tili malagasiy tili bilan birga rasmiy til hisoblanadi.

Foto: “Kommersant”

Orolda to‘fonlar tez-tez bo‘lib turgani sababli odamlar uylarni uzoq vaqt xizmat qiladigan materiallardan qurmaydi.

Foto: “Kommersant”

Asosiy transport yo‘li va orol hayotining markazi daryolar hisoblanadi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Tog‘ daryolarida oltin yuvish xalq hunarmandchiligi sanaladi. Oilalar ertalabdan kechgacha ishlaydi, topilgan oltinni davlatga topshirish majburiy hisoblanadi.

Foto: “Kommersant”

Madagaskarda dron uchirish rasman taqiqlanmagan, biroq chegarada muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Foto: “Kommersant”

Ajdodlarga hurmat ko‘rsatish mahalliy aholi uchun muhim ritual hisoblanadi.

Foto: “Kommersant”

Mamlakat markazida baland tog‘li vulqonlar joylashgan.

Foto: “Kommersant”

Sinji-dyu-Bemaraxa milliy qo‘riqxonasi YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: “Kommersant”

Malagasiylar uchun oq odam janob hisoblanadi.

Foto: “Kommersant”

Ayni vaqtda orolda o‘latning yangi to‘lqini yoyilgan. Xalqaro yordam doirasida mamlakatga 1,2 millionta vaksina ampulasi yetkazib berilgan.

Foto: “Kommersant”