Poytaxt huquq-tartibor idoralari vakillari Shayxontohur tumanida katta miqdordagi mablag‘ni birovning uyidan olib chiqib ketgan talonchini qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 4-noyabr kuni kechki soatlarda noma’lum shaxs Shayxontohur tumani hududida Ibragimov Davron Xakimboyevichning xonadoniga kirib, unga tegishli bo‘lgan 3600 dollar va 15 million so‘m pulni o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida jinoyatni Bekmurodov Abdumannop Abdurasulovich sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.
Izoh (0)